» » “Sevilya” bosh murabbiyi surunkali oqqon kasalligi bilan og‘rigani ma’lum bo‘ldi, bu birinchisi emas

“Sevilya” bosh murabbiyi surunkali oqqon kasalligi bilan og‘rigani ma’lum bo‘ldi, bu birinchisi emas


7-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 31-turida “Sevilya” bosh murabbiyi Xoakin Kaparros “Valyadolid”ga qarshi kechgan o‘yindagi g‘alabasidan so‘ng oqqon kasalligi bilan og‘rishi haqida gapirdi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Surunkali oqqon kasalligiga chalinganman. Men oddiy hayot kechirishim mumkin. O‘z ishimdan rohatlanishni xohlayman. Davolanishni boshlaganimcha yo‘q.

Faoliyatimni davom ettirishim uchun imkoniyat yaratib bergan klub rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman.

Xoakin Kaparros, “Sevilya” bosh murabbiyi

Kaparros 2017/2018-yilgi mavsum oxirida ham “Sevilya”ga bosh murabbiy bo‘lgandi. Bungacha u klubni 2000-yildan 2005-yilga qadar boshqargan. Yangi mavsum avvalida Pablo Machin jamoaga olib kelindi. 2019-yil 15-mart kuni esa u iste’foga chiqarilib, mavsum oxirigacha jamoani boshqarish Kapparos chekiga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, “Sevilya”ni 2017-yilda boshqargan Eduardo Berisso ham vaqtida oqqon kasalligidan aziyat chekkan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют