» » O‘zbekiston delegatsiyasi “Atomekspo-2019” XI forumida ishtirok etadi

O‘zbekiston delegatsiyasi “Atomekspo-2019” XI forumida ishtirok etadi


O‘zbekiston delegatsiya 15—16-aprel kunlari Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan “Atomekspo-2019” XI forumida ishtirok etadi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Atomekspo” forumi har yili “Rosatom” korporatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkaziladi. Forumning joriy yildagi asosiy mavzusi “Atomekspo” — “Eng yaxshi hayot uchun atom texnologiyalari” deb nomlanadi.

Forum doirasida atom energetikasi sohasining zamonaviy holati muhokama qilinadi hamda uni kelgusida rivojlantirish yo‘nalishlari shakllantiriladi.

Forum kun tartibi joriy yilda ilk marta Xalqaro dasturiy qo‘mita tomonidan shakllantirilmoqda. Qo‘mita tarkibiga Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish qo‘mitasi huzuridagi yadroviy energiya bo‘yicha agentlik bosh direktori Uilyam Magvud,  Butunjahon yadro assotsiatsiyasi bosh direktori Agneta Rizing, atom elektrostansiyalarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar Butunjahon assotsiatsiyasi sobiq direktori Jak Regaldo va boshqalar kirgan.

Forum ishtirokchilari uglerodsiz energetika rivojlanishining muhim masalalari, tabiiy resurslar va ekologiyaga mas’uliyatli yondoshuv, “yashil” investitsiyalar, barqaror rivojlanish maqsadlaridagi xalqaro hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqadi.

Forum doirasida ikkinchi marta “Atomexpo Awards” xalqaro mukofotini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu mukofot atom texnologiyalarini inson hayoti farovonligini ta’minlashi uchun hissa qo‘shgan mamlakatlarga topshiriladi.  Bu yilgi nomzodlar ichida 25 ta mamlakat, xususan O‘zbekiston ham bor.

O‘zbekiston 2018-yilda forumda ilk marta ishtirok etgan edi. Joriy yilda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokining ancha keng dasturi ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya tarkibiga O‘zbekiston energetika vazirligi, vazirlik huzuridagi atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha agentlik, Fanlar akademiyasi vakillari kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют