» » “Keles” bojxona postida 53 mln so‘mlik noqonuniy mahsulotlar to‘xtatib qolindi

“Keles” bojxona postida 53 mln so‘mlik noqonuniy mahsulotlar to‘xtatib qolindi


“Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Novosibirsk—Toshkent” yo‘nalishida kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish davomida fuqarolar I.O. va R.A.lar 31 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kelayotganligi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Noqonuniy olib kirilayotgan mahsulotlar orasida sitrus mevalar, baliq mahsulotlari, salqin ichimliklar va yuvish vositalari ham bo‘lgan.

Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, ushbu tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 53 million so‘mni tashkil etgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda holat bo‘yicha tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют