» » Andijonda 6 oyda 6 ta yetti qavatli turar joy bitkazildi

Andijonda 6 oyda 6 ta yetti qavatli turar joy bitkazildi


Andijon shahrining “O‘zbegim” mahallasida joylashgan sobiq konserva zavodi o‘rnida qurilib bitkazilgan 6 ta yetti qavatli uy joydagi yangi xonadonlarga 252 ta oila ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu binolar “Xokon avtoinvest” hamda “Radius servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tomonidan qisqa muddat ichida bunyod etildi. Ularni foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov joriy yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilayotgan Andijon shahrining Navoiy, Cho‘lpon shohko‘chalari, Dukchi Eshon ko‘chasidagi eski uylar o‘rnida 7 va 12 qavatli 150 ta zamonaviy turar joy barpo etishga kirishilganini bildirdi.

“Xokon avtoinvest” MChJ ish yurituvchisi Yo‘ldoshxon Zuhriddinovning aytishicha, qurilish ishlariga olti oy sarflangan. Shu vaqt ichida ushbu xonadonlarda yashovchi aholi uchun maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari, kompyuter markazi, kitob do‘koni, ayollar uchun fitnes klubi hamda ikkita bolalar maydonchasi ham qurib bitkazildi. Shuningdek, hudud obodonlashtirilib, namunaviy ko‘rinishga keltirilgan.

—Uch nafar o‘g‘limni yolg‘iz katta qildim, — deydi ikkinchi guruh nogironi Dilfuzaxon Umarova. — Ikkisini uyladim. Kenjatoyim maktabda o‘qimoqda. Sharoitimiz qiyinligi bois to‘ng‘ichim ijarada turar edi. O‘zimga qolsa bir xonali uyni ham tikkalay olmasdim. Bugun hursandchiligim cheksiz.

Ma’lumot uchun, viloyat markazida joylashgan sobiq konserva zavodi o‘rnida 2017-yilda 5 ta, 2018-yilda 9 ta shunday zamonaviy turar joy barpo etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют