» » Yevroittifoq Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Yevroittifoq Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi


Yevropa Ittifoqi ushbu mamlakatda inson huquqlarining buzilishi munosabati bilan joriy etilgan Eronga qarshi cheklov choralarini 2020-yilning 13-apreliga qadar uzaytirdi, deb xabar berdi “TASS”.

Ittifoq sanksiyalar 2011-yilda mamlakatda inson huquqlarining buzilishi sababli 82 kishi va bitta tashkilotga nisbatan qo‘llanilganini eslatib o‘tgan. Ro‘yxatdagi kishilarga YeI hududiga kirish taqiqlangan bo‘lib, Yevropa banklarida ularning moliyaviy aktivlari mavjudligi aniqlansa, ular muzlatiladi.

Bundan tashqari, sanksiyada Eronga mamlakat ichida represiya uchun foydalanish mumkin bo‘lgan asbob-uskunalarni, yetkazib berish taqiqlanishi ham ko‘zda tutilgan.

Xabarda aytilishicha, ushbu sanksiyalar uzaytirilishi joriy yilning fevral oyida kiritilgan cheklov choralariga nisbatan qo‘llanilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют