» » Toshkent viloyatida talaba rashk sababli bir kishini pichoqladi

Toshkent viloyatida talaba rashk sababli bir kishini pichoqladi


2019-yil 7-aprel kuni soat 01:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Ahil” mahallasida yashovchi A.A. (1993-y.t, Toshkent davlat agrar universitetining 3-bosqich talabasi) shu mahalladagi “Senyor Pomidor pasta & BBQ” kafesi oldida fuqaro B.X. (1992-y.t, ishsiz) bilan rashk sababli janjallashib, yonidagi pichoq bilan B.X.ni qasddan o‘ldirish maqsadida yurak sohasiga 2 marotaba, bo‘yin qismi va chap son sohalariga bir marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytiladi.

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida B.X.ning hayoti saqlab qolingan.

Shu kunning o‘zida Yangiyo‘l tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют