» » Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zaro tabrik almashdi

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zaro tabrik almashdi


O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birini tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Turkiya Respublikasi va qardosh O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini va qardosh O‘zbekiston xalqini shaxsan o‘z nomimdan va Turkiya xalqi nomidan samimiy tabriklayman va ezgu istaklarimni yo‘llayman.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Turkiya prezidenti

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2016-yil 18-noyabrda Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida o‘zaro munosabatlarni kengaytirish borasida hamkorlikda ishlash to‘g‘risida erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishiga ishonch bildirgan, Turkiya ikki mamlakatlar xalqlari farovonligi yo‘lidagi hamkorlikni o‘zaro ishonchli asosda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro miqyosda rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qutlovida “1992-yilning mart oyida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan so‘ng qisqa vaqtda, ya’ni o‘sha yilning aprel oyida Toshkent shahrida Turkiya elchixonasi ochilgan”ini alohida ta’kidlagan.

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining shu yil 26-fevral — 2-mart kunlari Turkiyaga tashrifi o‘zaro kelishuvlarimizning mantiqiy davomi bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, mening vakilim bilan uchrashganingiz va alohida hurmat ko‘rsatganingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident O‘zbekiston bilan Turkiya siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, harbiy-texnik, sayyohlik, logistika va boshqa sohalarda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan va bir-birini to‘ldiradigan ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etgan. Shu nuqtai nazardan hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonlar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan keng ko‘lamli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 27) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют