» » Toshkentda bir hafta ichida 24 ta “to‘xtash taqiqlangan” belgilari olib tashlandi

Toshkentda bir hafta ichida 24 ta “to‘xtash taqiqlangan” belgilari olib tashlandi


Toshkent ko‘chalarida o‘rnatilgan yo‘l belgilari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Aprel oyining birinchi haftasida 24 ta “to‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgilari olib tashlandi, deb Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirida Toshkentda YHXBB qoidani buzgan tartibda to‘xtab turgan transport vositalarini avtomatik ravishda qayd etishni boshlagan edi.

Ushbu videokamera quyidagi tartibda ishlaydi: maxsus avtomobil saloniga o‘rnatilgan kamera to‘xtab turgan avtomobillar joyi va davlat raqamlarini avtomatik ravishda qayd etadi. Oradan 5-10 daqiqa o‘tib avtomobil xuddi shu yo‘nalishda takroran o‘tadi va to‘xtab turgan avtomobillar raqamlarini birinchi o‘tishda qayd etilgan raqamlar bilan solishtiradi. Ikki marotaba ham to‘xtab turgani qayd etilgan avtomobilga jarima yoziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют