» » Bosh prokuratura Termizdagi portlash yuzasidan axborot berdi

Bosh prokuratura Termizdagi portlash yuzasidan axborot berdi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Termizdagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida yuz bergan portlash yuzasidan ma’lumot berdi.

Termiz shahar IIO FMB 2-sonli IIB navbatchilik qismining xabariga ko‘ra, 2019-yil 8-aprel kuni soat taxminan 11:30 larda Termiz shahri, “Do‘stlik” mahallasi, A.Navoiy ko‘chasi, 10-uy yerto‘lasida fuqaro I.B.ga tegishli bo‘lgan “Fasad Diyor” MChJga qarashli bo‘lgan yerto‘laga I.B.ning amakisi I.R. va fuqaro R.A. bilan birgalikda omborxonada saqlanayotgan hojatxona qog‘ozi va boshqa tovarlarni ko‘zdan kechirish maqsadida tushgan. Yerto‘la qorong‘i bo‘lganligi sababli elektr chirog‘ini yoqqan vaqtda yer to‘lada to‘plangan is gazi va elektr energiyasining o‘zaro kimyoviy reaksiyasi natijasida portlash holati kelib chiqqan.

Natijada, hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar I.R. va R.A.lar vafot etgan.

Hodisa joyiga, viloyat prokurorining 1-o‘rinbosari, viloyat IIB boshlig‘i va Termiz shahar prokurori va boshqa tezkor tergov guruhi a’zolari chiqishgan.

Ushbu holat yuzasidan hozirda viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют