» » Sirdaryoda harbiylar kanalda oqib ketayotgan 15 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi

Sirdaryoda harbiylar kanalda oqib ketayotgan 15 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi


Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan harbiy qism askarlari ehtiyotsizlik oqibatida kanalda oqib ketayotgan qizning hayotini saqlab qoldi, deb O‘zA xabar qilmoqda.

“Shu yilning 18-mart kuni kechqurun safdoshim Dilmurod bilan harbiy qism kirish darvozasi oldida navbatchilik xizmati vazifasini bajarayotgan edik. Bir payt yaqinimizdagi kanal tomondan “Yordam beringlar, qutqaringlar...”, degan ovoz elas-elas qulog‘imga chalindi. Navbatchilik postini sherigimga topshirib qo‘limda fonar bilan kanal tomonga yugurdim. Kanalga yetib kelgach, fonar yorug‘ida qarasam suvda kimdir bir ko‘rinib, bir ko‘rinmay oqayapti. Ratsiya orqali darrov harbiy qismga xabar berdim. Tezlikda yordamchi kuchlar yetib keldi va qizni sog‘-salomat qutqarib oldik”, — deydi oddiy askar Muzaffar Ergashev.

Yuqorida keltirilgan hodisaning guvohi bo‘lgan fuqaroning aytishicha, askarlarga harbiy mashg‘ulotlar davomida olingan bilim va ko‘nikmalarda orttirilgan tajribalar qo‘l keldi. Ular noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, eni 110 metrni tashkil etadigan Janubiy Mirzacho‘l kanali ustidan 5 metr balandlikdan kesib o‘tgan quvurga osilgan holda jonli narvon hosil qilib, sekundiga 20-25 metr shamol tezligida suvga tushmasdan, shiddatli suv oqimida oqib kelayotgan qizni hech qanday talofatsiz qutqarib qoldi.

Xaloskor harbiylar Muzaffar Ergashev, Dilmurod Yakubov, Akramjon O‘ktamov va Habibullo Abdukarimovlar Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni Zokirjon Sayfuddinov tomonidan faxriy yorliq va komandirlik soatlari hamda Shirin shahar hokimi Ilhomjon Begaliyev tomonidan tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda qizning ahvoli yaxshi. Ota-onasi qizini hayotini saqlab qolgan xaloskor harbiylardan cheksiz minnatdor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют