» » Shavkat Mirziyoyev: Xorijiy investorlarni “qo‘lidan yetaklab”, natijani ta’minlash kerak

Shavkat Mirziyoyev: Xorijiy investorlarni “qo‘lidan yetaklab”, natijani ta’minlash kerak


Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil birinchi choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish, birinchi yarim yillikka doir vazifalarni belgilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish borasida imkoniyatlar to‘liq ishga solinmaganiga e’tibor qaratib, tarmoqlar va hududlarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tarmoq vazirliklari bilan birgalikda neft-gaz, kimyo, energetika, qurilish materiallari, mashinasozlik, elektr texnikasi sohalarida, shuningdek, hududlardagi mavjud salohiyat va resurslaridan kelib chiqib, har bir tuman va shahar bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya loyihalari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Shakllantirilgan ushbu takliflar asosida O‘zbekiston elchixonalari bilan birgalikda mamlakat va xorijda biznes-forumlar tashkil qilish, mahalliy investorlarning maqsadli taqdimotlarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

— O‘zbekiston bilan ishlash istagini bildirgan xorijiy investorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatib, loyihaning boshidan oxirigacha ularga yordam berish, oddiy qilib aytganda, ularni “qo‘lidan yetaklab”, natijani ta’minlash kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda Toshkent shahriga sarmoya jalb etishni kengaytirish, investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalari va davlat mulki obyektlari berish borasidagi ishlar ham muhokama qilindi. Poytaxt to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Hududlar va tarmoqlarda loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish, yuzaga kelgan muammolarni tezkor aniqlab, hal etish bo‘yicha elektron axborot tizimini qisqa muddatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют