» » O‘zbekistonda 2020-yildan uch yillik investitsiya dasturlari shakllantiriladi

O‘zbekistonda 2020-yildan uch yillik investitsiya dasturlari shakllantiriladi


Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning birinchi choragida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishini tahlil qilish, birinchi yarim yillikka doir vazifalarni belgilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi ishlar tahlil qilinar ekan, ijtimoiy sohalardagi loyihalar aholi turmushi uchun muhimligi, ular o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 4 ta, Suv xo‘jaligi vazirligida 4 ta, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida 3 ta loyiha bo‘yicha ishlar kechikayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bunday loyihalarni muvofiqlashtirishni takomillashtirish uchun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan bevosita ishlaydigan vazirlik va idoralar belgilandi.

Videoselektorda oliy darajadagi tashriflar yakuniga ko‘ra tasdiqlangan “yo‘l xaritalari” ijrosiga ham e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, ular doirasida 700 ga yaqin investitsiya bitimi imzolangan. Hisob palatasi tomonidan kelishuvlarning ma’lumotlar bazasi yaratilgan, ularning ijrosi bo‘yicha monitoring va nazorat o‘rnatilgan.

Prezident “yo‘l xaritalari”dagi chora-tadbirlarni tez va izchil amalga oshirish, bu borada hukumatlararo komissiyalarning faoliyatini jonlantirish zarurligini ta’kidladi.

Vazirlar Mahkamasiga har bir davlat bilan hamkorlik yo‘nalishlarining asosiy xususiyatlaridan kelib chiqib, hukumatlararo komissiyalar tarkibini qayta ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yildi.

Keyingi yildan boshlab investitsiya dasturlari uch yillik qilib shakllantirilishi, barcha tarmoqlar va hududlar bunga tayyorgarlikni bugundan boshlashi zarurligi ta’kidlandi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha galdagi muhim vazifalar belgilab berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют