» » O‘zbekistonlik kursant Bishkekdagi musobaqada MMA kamarini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik kursant Bishkekdagi musobaqada MMA kamarini qo‘lga kiritdi


7-aprel, yakshanba kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi “Archa-beshik” sport majmuasida aralash kurash san’atining MMA yo‘nalishi bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi “Batir bashi” IV etno musobaqasi boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur musobaqada 84 kg vazn toifasidagi janglarda O‘zbekiston sha’nini Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursanti Bekzod Nurmatov hamda Abdulaziz Utamurodov himoya qildi.

Abdulaziz Utamurodov qirg‘izistonlik raqibi Qodir Kurstan o‘g‘liga qarshi o‘tkazgan jangida texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Bekzod Nurmatov esa yana bir mezbon sportchi Jakip Tuganbayev bilan kechgan bahsda 2-raunddayoq raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Finalga chiqqan ikki nafar o‘zbekistonlik kursant o‘zaro kuch sinashi kerak edi. Ammo Abdulaziz Utamurodov birinchi jangda oyoq qismidan olgan jarohati sabab finalda ishtirok etmadi va Bekzod Nurmatov musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют