» » O‘zbekiston Talgo kompaniyasidan yana 2 ta tezyurar poyezd sotib oladi

O‘zbekiston Talgo kompaniyasidan yana 2 ta tezyurar poyezd sotib oladi


O‘zbekiston ikkita tezyurar Talgo 250 yo‘lovchi tashuvchi elektropoyezdi va to‘rtta vagonga ega bo‘ladi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati Ispaniyaning Patentes Talgo S.L.U kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan.

Shartnomaga ko‘ra, kompaniya jami 57,5 million yevroga ikkita tezyurar Talgo 250 yo‘lovchi tashuvchi elektropoyezdi, 4 ta vagon, ehtiyot qismlari va uskunalarni sotib oladi.

Xabarda aytilishicha, Ispaniya hukumati korporativ jamg‘arma orqali 57,5 million yevro miqdorida kredit ajratadi.

Kredit 30 yilga taqdim etiladi. Uning 10 yili yillik stavkasi 0,05% bo‘lgan imtiyozli davr hisoblanadi.

Loyiha 2019—2021-yillarda amalga oshirilishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning ulushi 15,3 million yevroga teng. Shundan 14,37 million yevro soliq va bojxona imtiyozlari shaklida, 934,4 ming yevro esa “O‘zbekiston temir yo‘llari” mablag‘i evaziga hisoblangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют