» » O‘zbekiston bozorlarida 7-aprel holatidagi narx-navo qanday?

O‘zbekiston bozorlarida 7-aprel holatidagi narx-navo qanday?


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishda davom etadi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 7-aprel holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, Yunusobod dehqon bozori (barchasi Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatilgan. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shti 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozorida hamda Urganch shahar (Xorazm) markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 30 000 – 40 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etilgan. Bu yerda qo‘y go‘shtini 28 000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.

Eng qimmat narx Qarshi shahri va Andijondagi markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 1 kilogramm qo‘y go‘shti 40 000 – 42 000 so‘mga.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan – 21 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 12 000 so‘mdan 16 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 18 000 – 21 000 so‘m.

Guruch

4 000 so‘mdan – 15 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 – 9 000 so‘m.

Eng qimmat narx Namangan shahar Sardoba dehqon bozorida kuzatilgan – 6 000 – 15 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 500 so‘mdan – 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i Namangan shahridagi Sardoba bozorida kuzatilgan. Bu yerda o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 9 000 so‘mgacha xarid qilish mumkin.

Eng qimmat narx poytaxtdagi Mirobod dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 so‘mgacha.

Un

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon un Toshkentning Qo‘yliq dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 1 750 – 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un uchun narx 1 500 so‘mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etilgan – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 so‘mgacha.

Shakar

4 300 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 4 300 – 5 200 so‘m.

1 kilogramm shakar uchun respublikadagi eng qimmat narx Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 5 500 – 6 000 so‘m.

Tuxum

300 so‘mdan – 650 so‘mgacha

Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 300 — 650 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka

1 100 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkentdagi Chorsu dehqon bozorida qayd etilgan – 1 100 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda Mirobod dehqon bozorida kuzatilgan – 1 200 – 3 000 so‘mgacha.

Pomidor

5 000 so‘mdan – 17 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozorida kuzatilgan – 5 000 so‘mdan - 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Namangan va Buxorodagi Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 15 000 – 17 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 500 so‘mdan – 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Termiz Markaziy dehqon bozori, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqo‘rg‘on dehqon bozori”da va Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan. Ushbu bozorlarda xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilish mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etilgan – 2 000 – 3 500 so‘mgacha.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 1) ( 87) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...