» » Toshkentda IIBB xodimi piyodani urib yubordi, u halok bo‘ldi

Toshkentda IIBB xodimi piyodani urib yubordi, u halok bo‘ldi


Joriy yilning 6-aprel kuni soat 19:30 larda Lacetti rusumli xizmat avtomashinasini tegishli hujjatlar asosida boshqarib kelayotgan IIBB xodimi U.Q. Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 4-uy qarshisida piyodalar o‘tishi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda M.Z.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.Z. shu kuni soat 23:40 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi “Jonlantirish” bo‘limida vafot etgan.

O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasining 07.04.2019-yildagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.Z.ning o‘limi “bosh miya yopiq jarohati, ko‘krak qafasi yopiq jarohati, o‘ng boldir suyaklarini jarohatlari” natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 08.04.2019-yilda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2019, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют