» » Oliy Majlis deputatlari Paxtaoboddagi banklarda infokiosklar ishlamasligini aniqladi

Oliy Majlis deputatlari Paxtaoboddagi banklarda infokiosklar ishlamasligini aniqladi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputalaridan iborat guruhning o‘rganish natijalari xalq deputatlari Paxtaobod tumani kengashi sessiyasida muhokama qilindi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sessiyada xalq vakillari Paxtaobod tumani markazi va qishloqlarida xonadonlarda bo‘lib, aholi yashash sharoiti, ehtiyoji, talab hamda takliflari bilan yaqindan tanishgani, fuqarolar tomonidan 458 dan ziyod muammoli masalalar o‘rtaga tashlangani, ular asosan uy-joy-kommunal xizmati ko‘rsatish, tibbiyot muassasalari faoliyati, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, ekologiya, ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liqligi ta’kidlandi.

Paxtaobod tumanidagi 25 ta QVP va markaziy poliklinika, tez yordam xizmati faoliyati tahlil qilindi. Mazkur shifo maskanlarida laborator-tekshiruv uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar, patronaj sumkalari, reaktivlar, birinchi yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy jihozlar yetishmasligi aniqlandi. Muloqotlar chog‘ida hududlarda tor mutaxassislarga bo‘lgan talab va ehtiyoj yuqoriligi ta’kidlandi.

Hududdagi elektr hamda gaz ta’minoti masalasi o‘rganilganida, ushbu sohalarda ham o‘z yechimini kutayotgan qator muammolar borligi aniqlandi. Bank muassasalari tuman bo‘limlaridagi infokiosklar ishlamasligi, savdo hamda maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida, qator dehqon bozorlarida xaridorlar va sotuvchilar uchun qulayliklar yaratilmagani aytib o‘tildi.

Sessiyada hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirishga to‘siq bo‘layotgan kamchilik va nuqsonlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermerlarning o‘z faoliyatini kengaytirish, yer ajratish, kredit olish hamda boshqa masalalar yuzasidan qilgan murojaatlari atroflicha tahlil etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют