» » Yevropa Ittifoqi sudi ish joyida hijobda yurish taqiqini qonuniy deb topdi

Yevropa Ittifoqi sudi ish joyida hijobda yurish taqiqini qonuniy deb topdi


Lyuksemburgdagi Yevropa sudi ish beruvchilarga o‘zlarining muslima ishchilariga ish vaqtida hijobda yurishni taqiqlashlariga ruxsat berdi, deya xabar beradi Meduza.

Yevropa Ittifoqi oliy sudining bunday qaror qabul qilishiga Fransiya hamda Belgiya fuqarosi bo‘lgan ikki ayolning da’vosi sabab bo‘ldi. Ular ish joyida hijobsiz yurishdan bosh tortganliklari uchun ishdan bo‘shatilgan edi.

Belgiyalik muslima o‘z hamkasblariga har qanday diniy yoki siyosiy belgilar tushirilgan liboslarda yurishni taqiqlovchi G4S Secure Solutions qo‘riqlash kompaniyasida ishlagan.

Fransiyalik ayol esa mijozlardan biri uning hijobda ishlagani uchun ustidan shikoyat qilganligi sabab texnologik kompaniyadagi ish joyidan mahrum bo‘lgan.

Yevropa sudi da’voni ko‘rib chiqib, ish beruvchilar hamkasblariga “ko‘zga tashlanuvchi diniy, falsafiy yoki siyosiy belgilar tushirilgan” kiyimlarda yurishni taqiqlashlari Yevropa Ittifoqi qonunlariga zid emas, degan qarorga keldi. Bunday taqiq “to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahqirlash”ga kirmaydi, deya hisoblanmoqda.

2016-yilning yozida Fransiyaning bir nechta kurort shaharlari plyajlarda muslimalar uchun maxsus cho‘milish kiyimi — burqinida yurishni taqiqlagan edi. Bunday qarorga Nitssadagi teraktlardan so‘ng kelingan. Avgust oxirida Fransiya oliy sudlov muassasasi — Davlat kengashi mazkur taqiqni to‘xtatib qo‘ygan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют