» » YChL. “Liverpul” bugun “Portu”ni mehmon qiladi, “Tottenhem” esa “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi

YChL. “Liverpul” bugun “Portu”ni mehmon qiladi, “Tottenhem” esa “Manchester Siti” bilan o‘ynaydi


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/4 finali o‘yinlariga start beriladi.

Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi “Enfild” stadionida Portugaliyaning “Portu” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tunggi soat 00:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, “mersiyadliklar” nimchorak finalda “Bavariya”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:1 hisobida mag‘lub etgandi. “Portu” esa “Roma” ustidan 4:3 hisobida zafar quchgandi.

Shu kuni Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” bilan jang qiladi. Bellashuv soat 00:00 da boshlanishi belgilangan. Ma’lumot uchun, “shporlar” musobaqa 1/8 finalining ikki o‘yini natijasiga ko‘ra “Borussiya Dortmund”ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa (4:0), “mankunianlar” “Shalke-04”ni yirik 10:2 hisobida taslim qilgandi.

YChL

1/4 final bahslari

9-aprel, seshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют