» » Toshkentda ikki erkak Musulmonlar idorasida janjal ko‘tardi

Toshkentda ikki erkak Musulmonlar idorasida janjal ko‘tardi


8-aprel kuni Toshkentda jamoat tartibini buzgan va ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan ikki erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, taxminan soat 11:00 da IIBBga Musulmonlar idorasidan ikki nafar noma’lum shaxslar jamoat tartibini buzganliklari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari rais muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashuvni tashkillashtirishni qo‘pol tarzda talab qilayotgan ikki nafar erkakni to‘xtatgan.

Xabarda aytiliishicha, Usmonxon Alimov xizmat safarida bo‘lganligi uchun ular bilan idora raisining o‘rinbosari Abdulaziz Mansur uchrashgan. Ammo ular rais o‘rinbosari bergan javoblardan qoniqmasdan, idora xodimlariga qaratilgan turli xil haqoratomus o‘xshatishlar bilan o‘z talablarini izhor etishda davom etgan.

O‘zlarining har bir harakatlarini telefon orqali ijtimoiy tarqmoqlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatib videoga olgan. Ichki ishlar xodimlarining jamoat tartibini buzishni to‘xtatish va Musulmonlar idorasi xodimlari bilan konstruktiv suhbatga o‘tish to‘g‘risidagi qonuniy talablariga qat’iy rad javobini bergani sababli ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

Olmazor tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu fakt bo‘yicha to‘plangan materiallarni o‘rganib chiqib va tomonlar fikrlarini eshitib, 43 yoshli muqaddam bir necha bor sudlangan (shular qatorida firibgarlik uchun ham) R.K. va 47 yoshli A.T.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (“Mayda bezorilik”) va 194-moddalarida (“Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют