» » Nukusdagi xonadonga bostirib kirgan bosqinchi uy bekasini o‘ldirib, eriga og‘ir jarohat yetkazdi

Nukusdagi xonadonga bostirib kirgan bosqinchi uy bekasini o‘ldirib, eriga og‘ir jarohat yetkazdi


8-aprel kuni soat 04.00 larda Nukus shahri, Taxtako‘pir ko‘chasida yashovchi, 1956-yilda tug‘ilgan D.M. uyida yurgan noma’lum shaxsning ovozini eshitib, u tomonga borgan vaqtda noma’lum shaxs ko‘krak qafasining o‘ng qismiga pichoq urdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, noma’lum shaxs D.M. uydagilarni yordamga chaqirgan vaqtda chiqib kelgan 1961-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i A.Sh.ning ko‘krak qafasi chap tomoniga pichoq urib, voqea joyidan yashiringan.

A.Sh. olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan, D.M. shifoxonaga yotqizilib, zudlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan 8-aprel kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etgan shaxsni aniqlash uchun barcha zarur tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют