» » Arena Markaz – elektronika sotishning yangi darajasi

Arena Markaz – elektronika sotishning yangi darajasi


Gadjetlar va aksessuarlar do‘konlari tarmog‘i Arena Markaz 6-aprel kuni Compass savdo ko‘ngilochar markazida bo‘lib o‘tgan rasmiy ochilish marosimi doirasida savdo-sotiqning yangi darajasiga chiqqani haqida ma’lum qildi.

Arena Markaz – faqat rasmiy yetkazib beruvchilardan sertifikatlangan mahsulotlargina taqdim etilgan birinchi smartfon va aksessuarlar do‘konidir.

Bu brendlarning keng tanlovi, servis xizmat ko‘rsatish hamda keng xizmat turlarini o‘zida jamlagan savdo-sotiqning yangi formatidir.

Do‘konlardagi taniqli brendlar orasida Apple, Samsung, Xiaomi, Harman Cardon, JBL, Beats, shuningdek bozor uchun yangi brendlar: Elari, BQ, Hoco, Remax, Canyon, Fly, Prestigio mahsulotlari taqdim etilgan.

Smartfonlar, soatlar, quloqchinlar, ovoz kuchaytirgichlar, samokatlarni Arena Markazning barcha tarmoqlarida sinovdan o‘tkazish mumkin.

Istalgan kishi modellar bilan tanishishi, uning funksiyalarini sinab ko‘rishi, konsultatsiya olishi hamda mahsulot haqida to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Arena Markaz – bu shunchaki do‘kon emas, balki xizmatlar markazi hamdir.

Bu yerda xarid qilishdan tashqari gadjetlarni sozlas xizmatlari, mobil operatorlariga ulanish, elektron to‘lovlar qabul qilish, bo‘lib to‘lashni rasmiylashtirish, kafolat muddatini uzaytirish va display himoyasi uchun qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish mumkin.

Shuningdek, Arena Markaz’da “Yandeks.Musiqa” xizmatiga foyda bilan ulanish mumkin.

Xaridor uchun har bir xaridda va Paynet tizimi orqali elektron to‘lovni amalga oshirganda bonuslar to‘plab boruvchi “Keshbek” dasturi ham qiziqarli bo‘ladi.

To‘plangan bonuslar bilan kelgusidagi xaridlarni to‘lash mumkin.

Arena Markazning eng katta do‘koni Compass savdo ko‘ngilochar markazida joylashgan.

U savdo maydoni, VR zonasi, DJ uchun pult bo‘lgan maxsus ajratilgan hudud, mahorat saboqlari va taqdimotlar uchun zonani o‘z ichiga olgan.

Do‘konda robototexnika, mobil va video suratga olish, mobil dasturlar va bloging bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu yerda nafaqat texnika bilan tanishish, balki qulaylik muhitidan zavq olish ham mumkin.

Tarmoqning ikkinchi do‘koni Malika bozorida joylashgan.

Onlayn xaridlar ishqibozlari uchun Arena Markaz gadjetlarni yetkazib berishni rasmiylashtirish mumkin bo‘lgan saytni ishga tushirmoqda.

Ushbu loyiha o‘z oldiga smartfonlar savdosi sohasini sivilizatsiyalashtirishni maqsad qilgan: Xaridorlarga rasmiy mahsulot, kafolatlangan xizmat, yetkazib berish, zarur xizmatlar va xaridni qulay amalga oshirishni taqdim etish.

Manzil:

1) Compass savdo ko‘ngilochar markazi, 1-qavat, Makro’ga kirish ro‘parasida;

2) “Malika” bozori (Fleshka), B-29-do‘kon.

Telefon raqami: +998 78 129 22 99

Veb-sayt

Instagram

Facebook

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют