» » Rossiyada xotinini urib o‘ldirgan o‘zbekistonlik ustidan sud jarayoni boshlandi, 3 nafar bola onasiz qoldi

Rossiyada xotinini urib o‘ldirgan o‘zbekistonlik ustidan sud jarayoni boshlandi, 3 nafar bola onasiz qoldi


Rossiyaning Kriusha qishlog‘ida yashovchi 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 3 nafar farzandining onasini o‘ldirishda ayblandi. Hozirda uning ishi yuzasidan sud jarayoni boshlangan. Bu haqda “Vesti Voronej” xabar berdi.

Mahalliy OAVning yoritishicha, voqea 10-dekabr kuni tongda sodir bo‘lgan. O‘sha kuni mast erkak va u bilan birga yashaydigan ayol janjallashgan. Keyin ayol 3 nafar o‘g‘li bilan qo‘shnisinikiga chiqqan. G‘azablangan erkak ayolning ortidan Oktabrskaya ko‘chasidagi uyga borgan va qonuniy xotinidan ortiga qaytishini talab qilgan. Ayol rozi bo‘lmagach, eri uning boshiga, yelkasiga va yuziga qattiq urib, tepa boshlagan.

Ayol hushini yo‘qotib, o‘zini tashlab yuborgandan keyin erkak uni urishdan to‘xtagan.  Voqeaga guvoh bo‘lgan qo‘shnisi tez yordam chaqirgan. Lekin yetib kelgan shifokorlar hech narsa qila olmagan — ayolning joni uzilgan edi.

1,5 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar onasiz qolgan.

Ushbu voqeadan keyin darhol erkak qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, u doimiy ravishda me’yoridan ortiq spirtli ichimlik ichgan. Tergovchilar uning hibsga olinishini talab qilgan, chunki u O‘zbekiston fuqarosi va Rossiyada yashash qoidalarini buzgan. Dastlabki tergov davomida uch farzandning otasi aybdor deb topilgan. Hozirgi paytda inson o‘limiga sabab bo‘luvchi og‘ir tan jarohati bo‘yicha jinoyat ishi sud tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют