» » OChL. Xavi dublga erishgan o‘yinda “Paxtakor” “As-Saad” bilan durang o‘ynadi (video)

OChL. Xavi dublga erishgan o‘yinda “Paxtakor” “As-Saad” bilan durang o‘ynadi (video)


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Qatarning “As-Saad” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq ayni damda qatarliklar safida to‘p surayotgan “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes Sanjar Quvvatov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (1:0). Oradan 3-daqiqa o‘tib “sherlar” a’zosi Hojiakbar Alijonov uzoq masofadan kuchli zarb bilan gol urdi (1:1). 16-daqiqada yana o‘sha Xavi jarima zarbasidan gol urib dublga erishdi (2:1). 41-daqiqaga kelib Jaloliddin uzatgan to‘pni Dragan Cheran boshi bilan darvoza to‘riga joylab qo‘ydi va hisobni tenglashtirdi (2:2). Shu tariqa “Paxtakor” o‘z uyida “As-Saad” bilan durang o‘ynadi va bir ochkodan bo‘lishib oldi (2:2).

Ma’lumot uchun, ushbu turdan so‘ng har ikkala jamoaning ochkolari soni 4 taga yetdi.

OChL

9-aprel, seshanba

“D” guruhi

Gollar: 0:1 —  6 Xavi, 1:1 — 9 Hojiakbar Alijonov, 1:2 — 16 Xavi, 2:2 — 41 Dragan Cheran

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullayev (Sardor Sobirxo‘jayev, 69), Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Igor Sergeyev (Marat Mikmayev, 65), Dostonbek Hamdamov (Javohir Siddiqov, 88), Odiljon Hamrobekov, Sherzod A’zamov, Vladimir Kozak, Farruh Sayfiyev

“As-Saad”: Meshal Barsham, Pedro Korreya, Vu Yung (Salim al-Hajri 76), Xavi (Ali Asadilla, 82), Bog‘dod Bunedja, Hamid Ismoil, Gabi, Toriq Salmon, Bualem Huhi, Yosir Isa (Hasan al-Haydos, 60), Akrom Hassan Afif

Ogohlantirishlar: Pedro Korrea (32), Akrom Afif (47)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют