» » YChL. Son Hyon Minning goli “Tottenhem”ga g‘alaba keltirdi (video)

YChL. Son Hyon Minning goli “Tottenhem”ga g‘alaba keltirdi (video)


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 78-daqiqasida Son Hyon Min tomonidan urilgan gol londonliklarga g‘alaba keltirdi.

Ta’kidlash joiz, bellashuvning 13-daqiqasida “shporlar” darvozasi tomon penalti belgilandi. Biroq “shaharliklar” hujumchisi Serxio Aguero bundan unumli foydalana olmadi. U tepgan to‘pni darvozabon Ugo Lyoris qaytardi. 58-daqiqaga kelib esa mezbon jamoa yetakchisi Harri Keyn jarohatlandi va o‘z o‘rnini Lukas Mouraga bo‘shatib berdi.

YChL

1/4 final bahslari

9-aprel, seshanba

Gol: 1:0 — 78 Son

“Tottenhem”: Lyoris, Trippyer, Rouz, Alderveyreld, Vertongen, Son, Uinks (Vanyama, 81), Keyn (Lukas Moura, 58), Sissoko, Eriksen, Alli (Lyorente, 87)

“Manchester Siti”: Ederson, Uolker, Sterling, Aguero (Jezus, 71), Lyaport, Delf, David Silva (De Bryuyne, 89), Fernandinyo, Mahrez (Sane, 89), Otamendi

Ogohlantirishlar: Rouz (12), Lyaport (28), Mahrez (59)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют