» » O‘zbekistondan oq rangga bo‘yab olib chiqib ketilayotgan 1 kilogrammdan ortiq tilla to‘xtatib qolindi

O‘zbekistondan oq rangga bo‘yab olib chiqib ketilayotgan 1 kilogrammdan ortiq tilla to‘xtatib qolindi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Navoiy” chegara bojxona postida zargarlik buyumlarini yashirin tarzda olib o‘tishga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi davlat Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-sayti xabar beradi.

Tadbir davomida mamlakatdan mazkur post orqali chiqib ketayotgan fuqaro Yu.O. xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, fuqaro bojxonachilarga ma’lum qilmasdan qo‘lbola usulda oq rangga bo‘yalgan, jami og‘irligi 592,16 grammni tashkil qiluvchi 207,2 million so‘mlik 1 dona zanjir va 2 dona bilaguzuklarni yashirincha olib o‘tayotgani aniqlandi.

Shuningdek, tadbir davomida mamlakatdan qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan yana bir fuqaro Yu.M. ham xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, uning egnidagi kiyimboshidan qo‘lbola usulda oq rangga bo‘yalgan, og‘irligi 601,89 grammni tashkil qiluvchi 210,6 million so‘mlik 1 dona tilla zanjir va 2 dona tilla bilaguzuklarini yashirincha olib o‘tishga urinishi fosh qilindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют