» » Nursulton Nazarboyev: Birinchi navbatda yaqin qo‘shnilarga e’tibor qaratish kerak

Nursulton Nazarboyev: Birinchi navbatda yaqin qo‘shnilarga e’tibor qaratish kerak


Qozog‘iston uchun tashqi siyosiy kurs o‘zgarmasligi juda muhim. Bu haqda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev TIV rahbari Beybut Atamqulov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

“Hozir asosiysi — avval ishlab chiqilgan tashqi siyosiy kursi o‘zgartirilmasligi. Birinchi navbatda yaqin qo‘shnilarga e’tibor qaratish kerak. Aloqalar o‘zaro ishonchli bo‘lib qolishi kerak”, — dedi Nazarboyev.

Nazarboyev uchrashuvda mamlakatda bo‘lib o‘tgan siyosiy o‘zgarishlarga e’tibor qaratdi.

“Qozog‘istonda juda muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Amaldagi Konstitutsiyaga amal qilgan holda, hukumatni tinch va osoyishta tranzitini ta’minladik, buni butun dunyoga ko‘rsatdik”, — dedi birinchi prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют