» » Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo xalqi muammosini o‘rganishni boshladi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo xalqi muammosini o‘rganishni boshladi


Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev aholining turli qatlamlari bilan muloqot qilish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida 10–11-aprel kunlari Qashqadaryo viloyati xalqi uchun sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning xorijga chiqish-kelish, fuqarolikni rasmiylashtirish, doimiy va vaqtincha ro‘yxatga olish masalalari, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatlari, haydovchilik guvohnomalarini olish tartibi, qoidabuzarlikka nisbatan qo‘llaniladigan jarimalar miqdori va Ichki ishlar idoralariga xizmatga o‘tish kabi masalalar xususidagi shikoyatlar tinglanadi va muammolarga yechim topiladi.

“Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, sayyor qabulning birinchi kuni ayni damda Ichki ishlar boshqarmasi binosida boshlandi.

Qabulda viloyatdagi mavjud 15 ta tuman va shahar hokimi o‘rinbosarlari, IIB boshliqlari ishtirok etmoqda.

Vazir o‘rinbosarining xalq bilan muloqoti 11-aprel kuni Shahrisabz shahrida davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют