» » O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Osiyo chempionatida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Osiyo chempionatida 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi


Shri-Lankada shaxmat bo‘yicha 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur musobaqada Umida Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova, Humoyun Bekmurodov va Abdumalik Abdusalimov O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

O‘zbekistonlik yoshlar qit’a birinchiligida 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

10 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Humoyun Bekmurodov 8 ochko jamg‘argan holda oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu yosh toifasida ikkinchi o‘rin hindistonlik Mayank Chakrabortiga, uchinchi o‘rin esa eronlik Movahed Sinaga nasib etdi. Humoyun ushbu musobaqaning blits bahslarida ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.

10 yoshgacha qizlar o‘rtasida o‘zbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova 7 ochko to‘plagan holda kumush medalini qo‘lga kiritdi. Afruza musobaqaning rapid bahslarida ham kumush medaliga ega chiqdi.

8-aprel, dushanba kuni yosh shxmatchilardan biri Umida Omonova 14 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etib, O‘zbekiston hisobiga navbatdagi oltin medalini taqdim etdi.

Yana bir o‘zbekistonlik Abdumalik Abdusalimov ham 18 yoshgacha yigitlar o‘rtasida oltin medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqa davomida u umumiy hisobda 7 ochko jamg‘ardi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют