» » Harri Keyn jarohat oldi, u mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmasligi mumkin

Harri Keyn jarohat oldi, u mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmasligi mumkin


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining “Manchester Siti”ga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvida “Tottenhem” hujumchisi Harri Keyn jarohatlandi (1:0).

Bellashuvning 56-daqiqasida 25 yoshli hujumchi “Manchester Siti” a’zosi Fabian Delf bilan to‘qnashuvdan so‘ng maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Keyn o‘ng oyoq to‘pig‘ini jarohatlab oldi.

Angliyalik futbolchi shifokorlar yordamida darhol kiyinishxonasiga yo‘l oldi. Uning o‘rniga Lukas Moura zaxiradan maydonga tushdi. Ma’lum bo‘lishicha, Keyn endi mavsum yakuniga qadar maydonga tusha olmasligi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn Angliya chempionatining 22-turida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda ham jarohat olgandi. O‘shanda “shporlar” “mankunianlar”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют