» » Serxio Aguero Chempionlar Ligasida Rud van Nistelroy antirekordini takrorladi

Serxio Aguero Chempionlar Ligasida Rud van Nistelroy antirekordini takrorladi


9-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining dastlabki o‘yinida “Manchester Siti” hujumchisi Serxio Aguero “Tottenhem” darvozasiga penaltidan gol ura olmadi (0:1).

Bu argentinalikning mazkur musobaqadagi muvaffaqiyatsiz ijro etilgan 4-penaltisi bo‘ldi. U ushbu ko‘rsatkichda “Manchester Yunayted” va “Real” sobiq hujumchisi Rud van Nistelroyga yetib oldi.

Bu borada “Arsenal” hamda “Barselona” sobiq hujumchisi Tyerri Anri antirekordchi hisoblanadi. Uning hisobida muvaffaqiyatsiz amalga oshgan 5 ta 11 metrlik jarima zarbasi mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют