» » Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Farg‘onada sayyor qabul o‘tkazmoqda

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Farg‘onada sayyor qabul o‘tkazmoqda


Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari aholi bilan muloqot qilish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish maqsadida 9–11-aprel kunlari Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasida 9-aprel kuni o‘tkazilgan sayyor qabulda 85 nafar fuqaroning ichki ishlar idoralariga ishga kirish va xizmatga qayta tiklash, xorijga chiqish-kelish, fuqarolikni rasmiylashtirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, mol-mulk va boshqa buyumlarni olib qo‘yish yoki qaytarmaslik, ichki ishlar idoralari xodimlarining noo‘rin xatti-harakatlaridan norozilik masalalariga oid murojaatlari tinglandi.

Qabul jarayonida muammolarning 25 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 22 murojaatning ko‘rib chiqilishi nazoratga olindi, 9 tasi qonuniy asoslarga ko‘ra rad etildi, 29 tasi bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi.

Jumladan, uy-joy ajratilishini so‘rab murojaat qilgan 1965-yilda tug‘ilgan fuqaro S.Burhonovaga Farg‘ona shahar Q.Murtazoyev ko‘chasida joylashgan 16-uyning 15-xonadoni yashash uchun ajratib berildi. Bundan tashqari, 5 nafar fuqaro nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaro eshitish uskunasi bilan ta’minlandi.

Bugun, 10-aprel kuni vazir o‘rinbosari Rishton tumani hokimligida fuqarolarni qabul qilmoqda. Vazir o‘rinbosarining aholi bilan muloqoti 11-aprel kuni Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют