» » Vitaliy Klichko: “Ukam 100 mln dollar evaziga ringga qaytishni o‘ylamoqda”

Vitaliy Klichko: “Ukam 100 mln dollar evaziga ringga qaytishni o‘ylamoqda”


O‘ta og‘ir vazn toifasida boks sobiq jahon chempioni, hozirda Kiyev meri Vitaliy Klichko ukasi Vladimir Klichkoning ringga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda Abendzeitung xabar berdi.

“Boksga qaytish uchun DAZN’ning 40 million dollar taklifi haqida xabarlar tarqalgandan so‘ng nimalar bo‘layotganini bilish uchun unga qo‘ng‘iroq qildim. Bunday taklif uni unchalik qiziqtirmayotganini aytdi. Bir necha haftadan so‘ng 80 millionlik taklif haqida gapirishganda men yana unga qo‘ng‘iroq qildim: “Hozir vaziyat qanday?” U dedi: “Bu taklif ham mening fikrimni o‘zgartirolmaydi. Agar 100 millionga ko‘tarishsa, bu haqda o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi”.

Qanday qaror qabul qilishidan qat’i nazar men uni 100 foiz qo‘llab-quvvatlayman. Biz har doim shunday qilganmiz. Pul hayotda eng muhim narsa hisoblanadi. Lekin Vladimirni pul qiziqtirmaydi. U karyerasi davomida ko‘p mablag‘ ishlab topdi, yaxshigina pul to‘pladi va uning yaxshigina biznesi bor. Pul uni ruhlantirolmaydi.

Bokschi sifatida hech narsani isbotlashi shart emas. U tarix yozib bo‘lgan. O‘z zamonining eng buyuk bokschilaridan biri edi. Hayotda eng muhimi — sog‘liq, pul emas.

Vladimirning tashqi ko‘rinishi ancha kichraygan. U har kuni shug‘ullanadi. Unga qarang, u yaxshi va nimjon ko‘rinadi. Xuddi 100 yillik uyqudan endi uyg‘ongandek. U jarohatlanmagan va haqiqiy hayotdan zavqlanmoqda”, — deydi Klichko.

DAZN platformasi ukrainalikka uchta jang uchun 80 million dollar taklif qilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют