» » Chechenistonda olti o‘zbekistonlik qullikdan ozod qilindi

Chechenistonda olti o‘zbekistonlik qullikdan ozod qilindi


Chechenistonda mahalliy fermer olti nafar O‘zbekiston fuqarosini qullikda saqlagan, deb yozadi Repost qullikka qarshi qaratilgan “Alternativa” jamoatchilik harakatiga tayanib.

O‘zbekistonlik muhojirlar mahalliy fermerning xo‘jaligida ishlab, qullik sharoitlarida saqlangan. Muhojirlar qarindoshlari guvohlik berishicha, to‘rt o‘zbekistonlik Chechenistonga kelishi bilan darhol qullikka tushgan.

Hammadan oldin yetib kelgan ikki o‘zbekistonlikka sog‘lig‘i yomonlashgan va kasallikka chalingan holatlarida tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.

Fermer muhojirlarni doim do‘pposlab kelgan, qochishga uringan ishchilarga ularni o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

O‘zbekistonliklar qullikka bir necha oy avval tushgan. Yanvarda ikki erkak katta pul to‘lanadigan, yaxshi ishni taklif qilgan tanishining gapiga ishonib, ishlashga kelgan.

Erkaklar aloqa vositasini topishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, ular “Grozniy” aeroportidan 15 km uzoqlikda bo‘lgan. Ular tez orada O‘zbekistonga qaytib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют