» » Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan “Amir Temur izdoshlari” marafonida qariyb 100 ming kishi ishtirok etdi

Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan “Amir Temur izdoshlari” marafonida qariyb 100 ming kishi ishtirok etdi


10-aprel kuni Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi binosidan “Vatanparvarlar bog‘i” hududigacha bo‘lgan masofada “Amir Temur izdoshlari marafoni” o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, marafonda viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha tashkilot rahbarlari va ishchi xodimlari, xalq ta’limi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, tuman (shahar) hokimliklar vakillari, mahallalardagi uyushmagan yoshlar, uy bekalari, nuroniylar va mehnat faxriylaridan iborat qariyb 100 ming nafar kishi ishtirok etgan.

Marafon Prezidentning 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019-yil 19-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan 5 ta muhim tashabbus to‘g‘risidagi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, aholining barcha qatlamini jismoniy tarbiya xususan, ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan.

Marafon yakunida “Amir Temur izdoshlari marafoni” g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют