» » Moskvadagi Xorazm tarixiga oid topilmalardan nusxa ko‘chirildi

Moskvadagi Xorazm tarixiga oid topilmalardan nusxa ko‘chirildi


Xorazmdagi Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi va Moskva shahridagi “Yevrosiyo Arxeologiya yodgorliklari” muzeyi hamkorlik memorandumini imzoladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

“Yevrosiyo Arxeologiya yodgorliklari” muzey rahbari Mariya Malinovskaya Ichan-Qal’a davlat muzeyi rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan uchrashib, “Qadimgi Xorazm tarixi muzeyi”ning ilmiy konsepsiyasi va rejasi haqida suhbatlashdi.

Moskva shahridagi “Yevrosiyo Arxeologiya yodgorliklari” muzeyidagi qadimiy Xorazm tarixiga oid topilmalardan tashkil topgan ko‘chma ko‘rgazmani kelgusida Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida tashkil qilish va undagi noyob topilmalardan nusxalar ko‘chirib olish borasida ham fikr almashildi.

Qayd etish joizki, Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasiga har yili o‘n minglab tomoshabinlar keladi. Ular orasida qo‘shni davlat vakillari bilan bir qatorda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa davlat olimlarini ham uchratish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют