» » Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Niderlandiya so‘ragan uzr mojaroni hal qilish uchun kamlik qilishini aytdi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Niderlandiya so‘ragan uzr mojaroni hal qilish uchun kamlik qilishini aytdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada bo‘lib o‘tgan tadbirda Niderlandiya bilan diplomatik mojaroni uzr so‘rash bilan hal qilib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Turkiya rahbari Niderlandiyaga nisbatan yana choralar ko‘rilishini aytib tahdid qildi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Germaniya kansleri Angela Merkelni Rotterdamdagi Anqara konsulligi binosida Turkiya namoyishchilariga nisbatan kuchuklar va suvli to‘plar ishlatgan Niderlandiya politsiyasidek Turkiyaga hujum qilganlikda aybladi.

Uning fikricha, Merkelning Niderlandiyadan hech ham farqi yo‘q. Turkiya prezidenti Yevropa ittifoqiga ko‘chib borayotgan turklarni Yevropa mamlakatlarida yaqin orada bo‘lajak saylovlarda “hukumat va irqchilar” uchun ovoz bermaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Niderlandiya bilan yuqori darajadagi barcha uchrashuvlarni bekor qilgani hamda Niderlandiya elchisining mamlakatga kirishini taqiqlagani ma’lum qilingan edi.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют