» » YChL. “Barselona” safarda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi (video)

YChL. “Barselona” safarda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi (video)


10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalining ilk uchrashuvida Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadionida Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan bahsga kirishdi.

O‘yinning 12-daqiqasida “mankunianlar” himoyachisi Lyuk Shou o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi (0:1). Natijada “Barselona” safarda kechgan bahsda “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi (1:0).

Ma’lumot uchun, chorak finalining javob uchrashuvi 17-aprel kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi.

YChL

1/4 final bahslari

10-aprel, chorshanba

Gol: 0:1 — 12, avtogol, Shou

“Manchester Yunayted”: De Xea, Yang, Lindelyof, Smolling, Shou, Dalot (Lingard, 74), MakTominey, Fred, Pogba, Reshford (Pereyra, 85), Lukaku (Marsial, 68)

“Barselona”: Ter Shtegen, Alba, Pike, Semedu, Rakitich, Buskets (Alena, 90), Koutinyo (Vidal, 65), Artur (Roberto, 66), Suares, Messi, Langle

Ogohlantirishlar: Buskets (18), Shou (19), Vidal (71), Lingard (76), Smolling (86)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют