» » Iroqlik muhojir tobutga yashirinib Britaniyaga kirishga urindi

Iroqlik muhojir tobutga yashirinib Britaniyaga kirishga urindi


Iroqlik muhojir tobut ichiga yashirinib, murda sifatida Buyuk Britaniyaga kirishga harakat qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Qayd etilishicha, yuk mashinasining ikki haydovchisi uni Britaniyaga ma’lum miqdorda pul evaziga olib kirishga rozi bo‘lgan.

Ammo, La-Mansh kanali ostidagi tunnelga kirish oldidan transport vositasi tekshirish uchun to‘xtatilgan. Tobutda yotgan “jasad” politsiya tomonidan topilgan.

Politsiya xodimlari tobut ichida yotgan “murda”ning o‘rnidan sakrab turib, tilga kirganligining guvohi bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, haydovchilar 14 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Muhojirning keyingi taqdiri haqida xabarlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют