» » Bahodir Jalolov chempionlik kamari uchun jangda raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Bahodir Jalolov chempionlik kamari uchun jangda raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning o‘ta og‘ir (+90,7) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) Toshkent vaqti bilan 11-aprel tongida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

NABF kamari uchun o‘tkazilgan mazkur bahsda Jalolovga amerikalik bokschi Brendan Barrett raqiblik qildi. Olti raundga mo‘ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Bahodir raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Shu tariqa Bahodir Jalolov professional boksdagi ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Endi Bahodirda NABF Junior Heavyweight Title chempionlik kamari bor.

Ma’lumot uchun, Jalolovning professional ringda o‘tkazgan janglari soni 6 taga yetdi. U barcha janglarini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan. Barrett bugun professonal boksdagi 12-jangini o‘tkazdi. Bungacha u 7 ta jangda g‘alaba qozongandi (5 ta nokaut). Bugun mag‘lubiyatlarin soni 3 taga yetdi (2 ta nokaut). Hisobida yana 2 ta durang bor.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют