» » “Oltin humo” kinotaqdimotining maxsus mukofotiga qo‘yilgan 5 mln so‘m pul mukofoti kimlarga berilgani ma’lum qilindi (foto)

“Oltin humo” kinotaqdimotining maxsus mukofotiga qo‘yilgan 5 mln so‘m pul mukofoti kimlarga berilgani ma’lum qilindi (foto)


“Turkiston” san’at saroyida “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotning maxsus mukofoti “O‘zbek kinomatografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun” nominatsiyasi g‘oliblari bo‘lganlarning har biriga 5 000 000 so‘mdan pul mukofoti berildi.

Bu haqda “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” matbuot xizmati  jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Taqdimotning maxsus mukofoti bo‘lmish ‘O‘zbek kinomatagrafiyasiga qo‘shgan hissasi uchun’ nominatsiyasi g‘oliblari O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov, Xayrulla Sa’diyev, Abdurahim Ismoilov, Habibulla Fayziyev hamda Tojikiston xalq artisti Sayram Isayevalarga 5 000 000 so‘mdan pul mukofoti berildi.

“O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi” matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti, “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi”, “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda “Milliy” telekanali hamkorligida tashkillashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют