» » “Oltin humo” milliy kinotaqdimotida 2 yil ichidagi eng yaxshi film, aktyor va aktrisa aniqlandi (foto)

“Oltin humo” milliy kinotaqdimotida 2 yil ichidagi eng yaxshi film, aktyor va aktrisa aniqlandi (foto)


“Turkiston” san’at saroyida “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jurnalist Feruz Muhammad tantanali marosimdan reportaj tayyorladi.

“Oltin humo” milliy kinotaqdimotida “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasi g‘olibi “Ikki elning suyukli farzandi” filmi deb topildi.

“Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasiga  “Dovyurak oshpaz” filmi munosib ko‘rildi.

“Eng yaxshi grafika ishi” “Elparvar” filmidagi ishi uchun Laziz G‘aniyevga nasib etgan bo‘lsa, Anvar Fayzullayev “Tinchlik ortida” filmidagi ishi uchun “Eng yaxshi ovoz rejissori” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

“Eng yaxshi grim rassomi” nominatsiyasi g‘olibi Valentina Abdurazzoqova bo‘ldi. U “Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik  filmidagi ishi uchun  taqdirlandi.

Montaj ustasi Qudratilla Dadajonovning “Issiq non” filmidagi ishi uchun “Eng yaxshi montaj ishi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Nina Dobrina “Eng yaxshi liboslar bo‘yicha rassom” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan bo‘lsa, Akmal Saidov “Islomxo‘ja” tarixiy, badiiy-publisistik  filmidagi ishi uchun “Eng yaxshi rassom ishi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Rejissor Rashid Malikov “Sabot” filmidagi ishi uchun “Eng yaxshi rejissorlik ishi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Aktrisa Muyassar Berdiqulova “Nazira” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi ayol roli” nomiga munosib ko‘rildi.

Karim Mirxodiyev “Sabot” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Rejissor Said Muxtorovning “Vasiyat” filmi “Tomoshabin mehrini qozongan film” nominatsiyasiga munosib ko‘rildi.

“Omnibus” ansambli “Nazira” va “Elparvar” filmi uchun “Eng yaxshi kino bastakori” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi film” nominatsiyalarining g‘olibi deb topildi.

“Oltin humo” milliy kinotaqdimoti 2017—2018-yillarda suratga olingan filmlar asosida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti, “O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi”, “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda “Milliy” telekanali hamkorligida tashkillashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют