» » Gruziya banki Payme aksiyalarining 51 foizini sotib oldi. Shartnoma summasi 5,5 mln dollarni tashkil etdi

Gruziya banki Payme aksiyalarining 51 foizini sotib oldi. Shartnoma summasi 5,5 mln dollarni tashkil etdi


Gruziyaning TBC Bank banki O‘zbekistonda Payme brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi Inspired MChJ aksiyalarining 51 foizini sotib oldi. Shartnoma qiymati 5,5 million dollarni tashkil etadi. Bu haqda bank matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, Payme O‘zbekistonda 1,3 million nafar mijozga ega yetakchi to‘lov xizmati hisoblanadi. O‘tgan yilning o‘zida xizmat mijozlar soni taxminan 70 foizga oshib, yalpi tushum va sof daromad mos ravishda 41,9 va 24,5 foizga ko‘tarilgan.

2018-yil yakunida Payme yalpi aktivlari 700 ming dollar, yil davomida soliqqa solinishdan avvalgi umumiy tushumi va foydasi 1,6 million va 0,8 million dollarni tashkil etdi.

Payme kompaniyasiga 2011-yilda asos solingan va uch nafar ta’sischi tomonidan boshqarib kelinayotgan edi.

51 foizlik nazorat paketi (5,5 million dollar) bilan hisoblaganda Payme 10,8 million dollarga baholanmoqda. To‘lov aprel oxiriga qadar TBC Bank mablag‘lari hisobidan naqd pulda to‘lanadi. TBC Bank qolgan 49 foizlik aksiyalarni sotib olish imkoniyatlari to‘g‘risida ham kelishuvga erishdi.

Payme sotib olinganidan so‘ng TBC Bank va uning sho‘’ba kompaniyalari xizmat ko‘rsatayotgan foydalanuvchilar soni 50 foizdan ko‘proqqa oshib, 3,7 million kishiga yetishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют