» » AQShda qushlarning ommaviy o‘lishining asosiy sabablaridan biri ma’lum bo‘ldi

AQShda qushlarning ommaviy o‘lishining asosiy sabablaridan biri ma’lum bo‘ldi


Qo‘shma Shtatlarda har yili 100 million qush o‘limining asosiy sabablaridan biri osmono‘par binolar ekanligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.

Amerikalik ornitologlar qushlarga tahdidlarning asosiy manbalarini o‘rgangan va qushlar uchun eng xavfli shaharlar ro‘yxatini tuzgan.

Qushlar binolarga, asosan oynavand va yoritilgan osmono‘par binolarga urilishlari oqibatida nobud bo‘ladi.

Eng xavfli vaziyat osmono‘par binolarga to‘la Chikagoda yuzaga kelgan. Aksariyat qushlarning uchish yo‘llari ushbu shaharga to‘g‘ri keladi — har bahor va kuzda shaharda “tranzit” orqali 250 xil turdagi 5 millionga yaqin qush uchib o‘tadi.

Ikkinchi o‘rinni Xyuston, uchinchi o‘rinni — Dallas egallagan.

Ushbu shaharlar ham migratsiya oqimlari yo‘lida joylashgan. Uning ketidan Nyu-York, Los-Anjeles, Sent-Luis va Atlanta joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют