» » Asaka–Farg‘ona magistral quvurini teshib, 6 tonnaga yaqin neft o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Asaka–Farg‘ona magistral quvurini teshib, 6 tonnaga yaqin neft o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi


5-apreldan 6-aprelga o‘tar kechasi Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Asaka–Farg‘ona magistral quvurini teshib, 6 tonnaga yaqin neft o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati Buloqboshi tumani Balandchek MFYda yashovchi A.S. Quva tumani Ittifoq MFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi maydonida yer ostidan o‘tgan “Andijonneft” AJga tegishli Asaka–Farg‘ona magistral neft quvurini maxsus asboblar yordamida teshgan.

A.S. neft mahsulotlarini yashirin ravishda talon-taroj qilib, 136 dona polietilen qoplarga joylagan vaqtida qo‘lga olingan. “Andijonneft” AJning hisob hujjatiga ko‘ra, yashirin ravishda talon-taroj qilingan neft mahsulotlarining sof og‘irligi 5 tonna 782 kg 100 gramm bo‘lib, narxi 9 997 078 so‘mni tashkil qilgan.

Hozirda A.S.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandi (neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur band bilan aybdor deb topilgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют