» » Sudan armiyasi prezidentni barcha lavozimlardan olib tashladi

Sudan armiyasi prezidentni barcha lavozimlardan olib tashladi


Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Sudan armiyasi, prezidentni barcha lavozimlardan olib tashladi va hukumatni ishdan bo‘shatdi. Bu davomli ommaviy noroziliklarning fonida yuz berdi, deb yozadi “Exo Moskvi”.

Xartum shahrida prezident Omar al-Bashirning atrofidagi amaldagi va yuqori lavozimli sobiq mulozimlar hibsga olingan.

Sudanda favqulodda majlisda armiya davlat rahbarini olib tashlash va Vazirlar Mahkamasini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda bir yilgacha bo‘lgan muddatga harbiy kengash boshqaradigan o‘tish davri e’lon qilinishi mumkin.

Qurolli kuchlar hozirda harbiy marshlarni namoyish etayotgan mahalliy televideniyeni nazorat qilmoqda. Yaqin kelajakda respublikada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan qo‘mondonlik bayonot berishi kutilmoqda.

Mamlakatda to‘rt oydan buyon ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Dastlab namoyishchilar non narxini pasaytirishni talab qilgan, biroq vaqt o‘tishi bilan o‘ttiz yildan beri hokimiyat tepasida turgan prezidentning iste’foga chiqishi uchun chaqiruvlar bo‘lgan. Namoyishlar paytida ayrim taxminlarga ko‘ra, taxminan 60 kishi halok bo‘lgan, yuzlab insonlar tan jarohati olgan, minglab odam qo‘lga olingan.

Hozirda xalqaro Xartum aeroporti yopiqligi ma’lum qilingan. Shahar ko‘chalaridan politsiya yo‘qolgan. Zirhlangan transport vositalari qayta joylashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют