» » Toshkentda Ramazon oyida xatmi Qur’on o‘tkazish uchun 291 nafar Qur’on hofizi ro‘yxatga olindi

Toshkentda Ramazon oyida xatmi Qur’on o‘tkazish uchun 291 nafar Qur’on hofizi ro‘yxatga olindi


Masjidlarda xatmi Qur’on o‘tkazib beradigan qorilar ro‘yxati shakllantirilib, ularni o‘zlariga qulay bo‘lgan masjidlarga teng taqsim qilish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Jarayon shuni ko‘rsatmoqdaki, yildan-yilga O‘zbekistonda Qur’on hofizlari ko‘payib bormoqda. Birgina Toshkent shahrining o‘zida bu yili 109 ta masjidda jami 291 nafar Qur’on hofizlari xatmi Qur’on o‘tkazib berish uchun ro‘yxatga olingan. Bu esa bitta masjidga o‘rtacha 3 nafar qori to‘g‘ri keladi degani.

9-aprel kuni poytaxtning “Minor” jome masjidida Toshkent shahri masjidlarida xatmi Qur’on o‘tkazib berishi rejalashtirilayotgan qorilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ko‘p yillar hofizi Qur’onlarni yetishtirib bergan ustoz qori domlalar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning Toshkent shahar vakilligi mutasaddilari qorilarga zaruriy tavsiya, ko‘rsatmalar berdi.

Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov qorilar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning fikrlari, mavjud imkoniyatlarini o‘rgandi. Qorilarga yengillik bo‘lishi uchun o‘zlariga yaqin va qulay bo‘lgan masjidlarga biriktirilishlari bo‘yicha taklif-mulohazar tinglandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют