» » Sudanda prezident atrofidagi 100 dan ortiq mulozimlar hibsga olindi

Sudanda prezident atrofidagi 100 dan ortiq mulozimlar hibsga olindi


Ikki oy oldin lavozimni egallagan Sudan bosh vaziri Muhammad Tohir Iilya Xartumda hibsga olingan, deya xabar beradi “TASS”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident Omar al-Bashir atrofidagi hozirgi va sobiq amaldorlardan iborat 100 dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Ularning orasida prezident gvardiyasi rahbari, sobiq mudofaa vaziri Abdul Rahim Muhammad Husayn, hukmron “Milliy kongress” partiyasi rahbari Ahmad Horun va Sudan sobiq vitse-prezident Ali Usmon Toha ham bor.

Omar al-Bashirning qayerdaligi haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u mamlakatda davlat to‘ntarilishini amalga oshirgan harbiylar tomonidan uy qamog‘iga olingan.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u mamlakatni tark etgan. Shu bilan birga uning samolyoti chorshanba kuni kechqurun Al-Bashir qo‘shni davlatlaridan biriga uchishga harakat qilgan vaqtda Xartum aeroportida qo‘lga olingani haqida ma’lumotlar ham bor.

Armiyadan muhim bayonot kutilmoqda, biroq hozircha u kechikmoqda va ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, buning sababi mamlakatdagi o‘tish davri kengashiga kim boshchilik qilishi borasidagi noaniqlik hukm surmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют