» » Farg‘ona shahrida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 12 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Farg‘ona shahrida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 12 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi


10-aprel, chorshanba kuni Farg‘ona viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Farg‘ona Politexnika institutida huquqbuzarliklarni oldini olish, aliment to‘lovlarini undirish, qarzdorlarni ishga joylashtirish hamda ajrashgan oilalarni yarashtirish masalasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu tadbir doirasida 500 dan ortiq fuqaro ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatni oshirishga qaratilgan ma’ruzalar qilingan.

Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilib, 40 dan ortiq tashkilotlar 500 ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi hamda 70 nafarga yaqin qarzdorlarning ishga joylashtirilib, aliment undiruvi qarzdorlarning oylik ish haqiga qaratilishi ta’minlangan.

Shu bilan birga 67 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 212 million so‘mga yaqin aliment pullari undirilishiga, bu bilan 67 nafar voyaga yetmaganlarning huquqi himoya qilinishiga erishilgan va 16 ta yosh oila yarashtirilgan.

Tadbirda 16 ta sayyor sud majlisi tashkil etilib, aliment to‘lovlardan muntazam bo‘yin tovlab kelgan 12 nafar qarzdorga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют