» » Toshkentda tashkilot va idoralarning axborot xizmatlari faoliyati tanqid qilindi

Toshkentda tashkilot va idoralarning axborot xizmatlari faoliyati tanqid qilindi


Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan “Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda so‘zga chiqqan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Avazbek Xodjimetov 159 davlat tashkiloti, 119 idoraning (74 foiz) rasmiy veb saytida xabarlar tizimli yangilanib borilishi, ammo 40 tasida yangiliklar o‘z vaqtida berilmayotganini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, 178 davlat idorasi, 81 tashkilotning Telegram rasmiy kanali mavjud emas, borlarining ham faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilmagan.

“Ayrim saytlarda milliy mentalitetimizga yot havola va giperhavolalar joylashtirilgan. Saytda ochib qo‘yilgan forumlarning nazorat qilib borilmasligi natijasida, foydalanuvchilar tomonidan har xil e’lonlar, videolar qo‘yib yuboriladi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, agentlik tomonidan bu borada tegishli choralar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2019, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют